Суббота, 27.04.2024, 08:37
FUTBOL XABARLARI
 
SAYT MENYUSI

MINI CHAT

MUSIQIY TANAFUS

SAVOLLAR
QAYSI BIRI KUCHLI
BARCHA JAVOBLAR: 550

KIRISH

Главная » 2011 » Март » 19 » " "Atletiko" ustidan g'alaba qozonishimiz shart."
15:39
" "Atletiko" ustidan g'alaba qozonishimiz shart."

"Atletiko Madrid" hamda "Real Madrid" o'yini oldidan "Blancos"larning ispaniyalik himoyachisi Raul Albiol "Bwin" portaliga qisqacha intervyu berdi.




"Ushbu mavsumda "Atletiko Madrid"ga qarshi uchrashuvlarimiz muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. Dastlab ularni birinchi davrada mag'lub etgandik. Keyinchalik "Qirol kubogi" bahslarida ikki marta g'alaba qozondik. Shuning uchun ular navbatdagi uchrashuvda g'alab qozonmoqchilar, bu hech kimga sir emas. Chempionlik uchun kurashimizni davom ettirish uchun "Visente Kalderon"da g'alaba qozonishimiz shart."

"Forlan va Aguero boshchiligidagi "Atletiko"ning hujum chizig'i juda kuchli. Bundan tashqari jamoadagi boshqa o'yinchilarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Shu sababli biz uchrashuv davomida hushyor tarzda harakat qilishimizga to'g'ri keladi.

"O'tgan haftada "Kastilya" "Atletiko-B"ni 4-3 hisobida mag'lub etgandi. Ammo kattalar bahsida bunday hisob bo'lmasligini, aksincha qulayroq hisob qayd etilishini hohlardim. Sababi uchrashuvda haqiqatda ko'p kuch sarflashimizga to'g'ri keladi. Eng muhimi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz. Qanday hisobda g'alaba qozonishimizning esa unchalik ham ahamiyati yo'q."

"Uchrashuvda hisobni birinchi bo'lib ochishimiz katta ahamiyat kasb etadi. Chunki agar raqib jamoasi birinchi bo'lib hisobni ochadigan bo'lsa, juda ham ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi va o'z jarima maydoniga deyarli yaqinlashtirmaydi. Ammo shunday holatlar ham bo'ladiki siz doimo birinchi bo'lib hisobda oldinga chiqa olabilmasligingiz mumkin. Javob to'pini kiritish uchun harakat qilishimizga ham tayyor turishimiz kerakligini e'tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor."

"Pichichi sovrini kimga nasib etishini bashorat qilish qiyin. Ronaldo va Messi bir-biridan qolishmaslikka harakat qilmoqdalar. Ohirida bir, ikki to'p farq evaziga sovrin Ronaldoga nasib etishiga ishonaman."
Просмотров: 812 | Добавил: Yaro | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
IZLASH

KALENDAR
«  Март 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

HISOBCHI

ARHIV

QOSHIMCHA
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • KIM QAYERDA

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0

    Copyright MyCorp © 2024