Четверг, 09.05.2024, 07:48
FUTBOL XABARLARI
 
SAYT MENYUSI

MINI CHAT

MUSIQIY TANAFUS

SAVOLLAR
OLTIN TOPGA DAVOGARLARNIG ENG KUCHLISI
BARCHA JAVOBLAR: 283

KIRISH

Главная » 2011 » Март » 15 » Real Madridning shonli tarixi
15:53
Real Madridning shonli tarixi

 

Mamlakat: Ispaniya


Shahar: Маdrid

Jamoa tarkibi: Butun jamoa tarkibi

Ma'lumotlar:

Jamoaning to'liq nomi: Real Madrid Club de Futbol

Shahar: Мadrid

Jamoa tashkil topgan yil: 1902 yil

Stadion: "Santiago Bernabeo", maydon hajmi 106х66, 1947 yil qurilgan

Stadion sig'imi: 87 000 muhlis

Prezident: Florentino Peres

Bosh murabbiy: Joze Mourinyo

Jamoa manzili: Avenida Concha Espina 1, 28036 (Madrid)

Internet sayti: www.realmadrid.com



"Real Madrid" jamoasi dunyoning yetakchi jamoalaridan biri hisoblanib, FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi futbol klubi deb e'tirof etilgan. Madridning "Real" jamoasi hozrigi kungacha Ispaniya oliy divizionini tark etmagan klub hisoblanib, 1902 yil 6-martda aka-uka Padros va Xulian Palasios tomonidan "Madrid Football Club" nomi ostida tashkil etilgan. 1920 yil 29 iyunda Ispaniya qiroli Alfons XIII jamoaga "Qirollik" nomini bergan bo'lib, ispanchada "Real" degan ma'noni anglatadi. Shu orqali jamoa nomi Real Madrid deb atalgan. Jamoa futbol tarixida eng ko'p sovrinlarni qo'lga kiritganligi bilan ham ajralib turadi. Hozirgi kungacha jamoa 9 marta Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini, 31 marta Ispaniya La Ligasi chempionligini va bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritgan bo'lib, bunday natijani hali hech qaysi bir jamoa takrorlay olmagan. Shuning uchun ham jamoa butun yer shari bo'ylab o'z muhlislariga ega bo'lgan, eng mashxur, eng boy jamoa hisoblanadi. Real Madrid Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo'lmagan Ispaniyaning 3 jamoasidan biridir. Jamoa boshqaruvi prezident qo'li ostida bo'lib, prezidentni saylash "socios" (Jamoaga har yili tovon puli to'lab a'zosiga aylanadigan muhlislar) deb nomlangan guruh zimmasidadir. Prezident bo'lib saylangan kishi esa o'zining atrofiga birga faoliyat olib boruvchi kishilar(XUNTO Direktorlar kengashi)ni yig'ib o'z g'oyalarini olg'a suradi. Real Madrid futbol jamoasidan tashqari Real Madrid Basketbol jamoasi (Basketbol akademiyasi bilan birga) ham mavjud bo'lib, yildan yiga Yevropadagi mashxur musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Kelajakda esa Real Madrid Regbi jamoasini, ayollar futbol jamoasini va mini-futbol jamoasini tuzish ko'zda tutilgan va klub bu borada izlanishlar olib bormoqda. Shuni ham ta'kidlash kerakki Real Madrid jamoasida to'p suradigan futbochilar jahon tan olgan yulduzlar hisoblanib, dunyodagi eng mashxur aktyor va qo'shiqchilar bilan bir safda turishadi. Bunga so'ngi yillarda jamoada to'p surgan va to'p surib kelayotgan Luish Figo, Zayniddin Zidan, Ronaldo, Devid Bekxem, Raul Gonsales, Iker Kassillyas, Arien Robben, Kaka', Krishtiano Ronaldo kabi futbolchilar misol bo'la oladi



Erishgan yutuqlari:



Chempionlar kubogi/Chempionlar Ligasi: 9

1955/56, 1956/57, 1957/58, 1958/59, 1959/60, 1965/66, 1997/98, 1999/00, 2001/02

UEFA Superkubogi: 1

Qit'alararo kubogi: 3

1960; 1998; 2002

UEFA kubogi: 2

1984/85; 1985/86

Ispaniya La Ligasi sohibi: 31

1931/32; 1932/33; 1953/54; 1954/55; 1956/57; 1957/58; 1960/61; 1961/62; 1962/63; 1963/64; 1964/65; 1966/67; 1967/68; 1968/69; 1971/72; 1974/75; 1975/76; 1977/78; 1978/79; 1979/80; 1985/86; 1986/87; 1987/88; 1988/89; 1989/90; 1994/95; 1996/97; 2000/01; 2002/03; 2006/07; 2007/08

Ispaniya kubogi: 17

1904/05; 1905/06; 1906/07; 1907/08; 1916/17; 1933/34; 1935/36; 1945/46; 1946/47; 1961/62; 1969/70; 1973/74; 1974/75; 1979/80; 1981/82; 1988/89; 1992/93

Ispaniya Liga Kubogi: 1

1984/85

Ispaniya Superkubogi: 8

1988; 1989; 1990; 1993; 1997; 2001; 2003; 2008

manba www.realmadrid.com

Просмотров: 1968 | Добавил: Yaro | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 1
1 Yaro  
0
real madrid kubog oliw bo'yi4a 1-orinda prof prof prof prof

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
IZLASH

KALENDAR
«  Март 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

HISOBCHI

ARHIV

QOSHIMCHA
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • KIM QAYERDA

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0

    Copyright MyCorp © 2024